«Barselona» Kanceluni ortga qaytarmoqchi
Futbolchining "Al-Hilol" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Al-Hilol"ning qanot himoyachisi Joau Kancelu "Barselona"ga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.
Manbaga ko'ra, yaqin vaqt ichida "Barselona" Kanceluning ehtimoliy transferi bo'yicha vaziyatni o'rganishni rejalashtirmoqda.
Himoyachi 2023/24 yilgi mavsumda ham kataloniyaliklar sharafini himoya qilgandi.
Joriy mavsumda 31 yoshli Kancelu barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Al-Hilol" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining narxi 15 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist