locale OZ

«Barselona» Joao Pedro variantiga e’tibor qaratdi

Futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Joao Pedro variantiga e’tibor qaratdi
ФОТО: Getty images

“Barselona” Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares transferi bo‘yicha yuzaga kelgan qiyinchiliklar sababli “Chelsi” forvardi Joao Pedroni sotib olish variantiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining agentligi va vakillari bilan aloqaga chiqqan. Ta’kidlanishicha, Joao Pedroning ehtimoliy transferi “Barselona”ga taxminan 70 million yevroga tushishi mumkin. Bu esa Xulian Alvares transferiga nisbatan ancha arzon variant hisoblanadi.

Shuningdek, agar “Chelsi” kelasi mavsum Evrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, “Barselona” futbolchini xarid qilish bo‘yicha harakatlarni yanada faollashtirishi aytilmoqda.

Joriy mavsumda Joao Pedro barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting