locale OZ

“Barselona” Inigo Martines bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Inigo Martines bilan shartnomani uzaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachi Inigo Martines bilan 2026-yilda yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” 34 yoshli futbolchi bilan 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Klub Martinesning yetakchilik fazilatlarini, shuningdek, joriy mavsum himoyada birga o'ynagan Pau Kubarsi bilan o'zaro munosabatlarini qadrlaydi. Jamoa bosh murabbiyi Hansi Flik ham Martines bilan shartnomani uzaytirilishini istamoqda.

Ma'lumot uchun, Inigo joriy mavsum barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting