“Barselona” himoyachisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
Italiyaning “Komo” klubi “Barselona”dan ijaraga olgan himoyachi Aleks Valleni to'liq sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Valle bosh murabbiy Sesk Fabregasning klub kelajagi bo'yicha rejalarida muhim rol o'ynaydi. Qayd etilishicha, “Komo” himoyachiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ma'lumot uchun, Vallening “Komo” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Kelishuvda futbolchini 6 million yevroga sotib olish bandi mavjud.
Eslatib o'tamiz, Valle mavsumning birinchi qismini “Seltik”da ijarada o'tkazgan va qishki transferlar vaqtida Italiya klubiga o'tgan. U joriy mavsum “Komo” safida 11 ta o'yin o'tkazdi. Transfermarkt portali futbolchini 4,5 million yevroga baholamoqda.