locale OZ

\"Barselona\" himoyachisi APL klubiga o'tishi mumkin

Unga qaysi jamoa qiziqayotgani ma'lum bo'ldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" himoyachisi APL klubiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Barselona” qanot himoyachisi Jerar Martin faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Sport.es.

Manbaga ko'ra, “Vulverxempton” klubi 23 yoshli himoyachi uchun da’vogarlik qilmoqda. Kataloniya klubi ham Martin bo'yicha 12 mln yevrolik taklif tushsa, uni qo'yib yuborishga tayyor.

Futbolchining o'zi esa “Barselona”da qolishni istamoqda. Ammo “Vulverxempton” uning maoshini sezilarli darajada oshirishga va uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor.

O'tgan mavsumda Jerar barcha turnirlarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 6ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Martin qiymati Transfermarkt portali tomonidan 7,5 million yevroga baholangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting