locale OZ

«Barselona» himoyachi transferi ustida ishlamoqda

Klub markaziy himoyani kuchaytirmoqchi.
"Barselona" himoyachi transferi ustida ishlamoqda
ФОТО: Getty images

"Barselona" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar himoya chizig‘ini yana bir futbolchi bilan mustahkamlashi mumkin.

Jurnalist Jerar Romero ma'lumotiga ko‘ra, klub ushbu pozitsiya uchun "RB Leyptsig" futbolchisi Kastello Lyukeba hamda "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiuni asosiy nomzodlar sifatida belgilagan.

Ayniqsa, Inasiuning kelajagi hozir qiziqarli tus olgan. Portugaliyalik himoyachi 22 avgust kuni "Sporting"ning "Alverka"ga qarshi o‘yinida zaxirada qoldirilgan. Portugaliya OAVlari bu qarorni futbolchining ehtimoliy transferi bilan bog‘lamoqda. Shu bilan birga, "Barselona" ham Inasiu bo‘yicha harakat boshlagani xabar qilindi.

Lyukeba esa "Barselona" sport direktori Deku va bosh murabbiy Hans-Diter Flikka ma'qul keladigan nomzodlardan biri hisoblanadi. Uning "RB Leyptsig" bilan shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli borligi haqida ma'lumotlar mavjud.

Shu tariqa, "Barselona" transfer oynasi yopilishiga qadar markaziy himoya chizig‘iga yangi futbolchi olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting