locale OZ

“Barselona” Hans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytiradi - Marca

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Hans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytiradi - Marca
ФОТО: FC Barcelona

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiy Hans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, yangi kelishuv 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Tomonlar mavsum yakunlanganidan so'ng shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, 60 yoshli germaniyalik mutaxassis 2024-yilning may oyidan buyon “Barselona”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 2025-yilda Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, “Barselona” joriy mavsum La Ligada 33-turdan so'ng 76 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar navbatdagi o'yinini 26-aprel kuni Ispaniya Kubogi finalida “Real Madrid”ga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting