\"Barselona\" futbolchisi \"Ayaks\" yoki \"Marsel\"ga o'tishi mumkin
"Barselona"ning 22 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Pablo Torrega "Ayaks" va "Marsel" klublari qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.es.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi "Mallorka"ga o'tishga yaqin edi, biroq ayni damda u kelajagi haqida o'ylashga vaqt ajratgan.
"Blaugrana" futbolchiga shartnomani uzaytirmoqchi emasligini ma'lum qildi. Klub Torre’ni sotishni maqsad qilgani ta'kidlangan.
O'tgan mavsumda Torre barcha turnirlarda 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 6 million yevroni tashkil qiladi.