“Barselona” Dani Olmoni mavsum oxirigacha yo'qotishi mumkin
Kataloniyaning “Barselona” klubi mavsumning qolgan qismini Dani Olmosiz o'tkazishi mumkin. Bu haqda Carrusel nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, La Liganing yangi auditori klub rahbarlarining mavjud bo'lmagan daromadlarini qayd etganini aniqlagan. “Barselona” o'zining moliyaviy hisobotiga VIP o'rindiqlardan tushadigan, hali mavjud bo'lmagan 100 million yevro miqdoridagi daromadni noto'g'ri kiritgan.
Agar “Barselona” moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun 100 million yevro topa olmasa, Olmo ro'yxatdan chiqarilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Dani Olmo joriy mavsum “Barselona” safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.