«Barselona» Bastoni transferini yana ko‘rib chiqmoqda
Milan«ning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni yana «Barselona»ning transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritildi.
Kataloniya klubi kelasi yili himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. Transfer News Live nashri TEAMtalk ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, «Barselona» italiyalik himoyachini qo‘lga kiritishga da’vogarlik qilayotgan qator Yevropa grandlari safida turibdi.
Avvalroq Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari ham 27 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» joriy yil bahorida Bastoni uchun kurashda asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilgan edi. Biroq o‘sha qiziqish yakunda aniq transfer taklifiga aylanmagan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» yulduzining bozor qiymati 65 million yevro atrofida baholanmoqda.