locale OZ

\"Barselona\" 7 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Klub La Liga qoidalariga amal qilmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" 7 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images

"Barselona" La Liga qoidalariga rioya qilish uchun tarkibdagi 7 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi.

Kataloniya klubi "Espanyol" darvozaboni Joan Garciani sotib oldi va "Atletik Bilbao" vingeri Niko Uilyams transferiga yaqin turibdi.

La Liganing moliyaviy qoidalarini, jumladan "1 ga 1" qoidasi buzilmasligi uchun "Barselona" quyidagi futbolchilarning ketishiga umid qilmoqda:

Mark-Andre ter Shtegen, Ansu Fati, Pau Viktor, Pablo Torre, Iñaki Penya, Andreas Kristensen va Oriol Romeu.

Shuningdek, Ronald Araujo ham jamoani tark etishi mumkin. Unga yaxshi taklif tushsa, klub sotishga tayyor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting