locale OZ

\"Barselona\" 3:3 \"Inter Milan\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" 3:3 "Inter Milan"
Photo: gettyimages

Yevropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvlar doirasidagi Milanning “Inter” hamda Kataloniyaning “Barselona” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik o'z nihoyasiga yetdi. Unda tomonlar 3:3 hisobidagi jangovor durrangga imzo chekishdi.

O'yinning 36 soniyasida “Inter”ning dastlabki hujumi shedevr gol bilan yakunlandi. Denzelning to'p uzatishidan so'ng, Tyuram tovoni bilan ohista zarba berib hisobni ochdi, 0:1.

Uchrashuvning 21 daqiqasida burchakdan oshirilgan topni Aserbi boshi bilan o'zidan qulayroq vaziyatda turgan Denzelga uzatdi va Denzelning o'zi bu safar qaychi usulida gol kiritib hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi, 0:2.

24 daqiqada “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal supergol kiritib oradagi farqni bittaga qisqartirdi, 1:2.

38 daqiqada kataloniyaliklar hisobni tenglashtirish orqali kambek amalga oshira olishdi. Bu safar Rafinyaning to'p uzatishidan so'ng, Ferran Torres qoyilmaqom harakati bilan darvozabonni ojiz qoldirdi, 2:2

63 daqiqada Danzel yana bir bor raqib darvozabonini ranjitdi va dub qayd etish orqali yana italiyaliklarni oldinga olib chiqdi, 2:3.

Oradan ikki daqiqa o'tib, ispanlar futbolchisi kuchli zarba yo'lladi va to'p darvoza to'siniga tegib, ortga qaytishda darvozabonga tegdi va darvozabon avtogol qayd etdi, 3:3.

Shu tariqa yarim finalning dastlabki to'qnashuvida tomonlar jangavor durrang qayd etishdi.

Chempionlar ligasi 1/2 final

"Barselona" 3:3 "Inter"

Gollar: Yamal 24, Torres, Zommer 66 (a.g) - Tyuram 1, Dumfris 21, 64

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting