locale OZ

Bahodir Nasimov: \"Bizning avlodga bu nasib qilmagan bo'lsa-da, hozirgi terma jamoamizga nasib qilish

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahodir Nasimov: "Bizning avlodga bu nasib qilmagan bo'lsada, hozirgi terma jamoamizga nasib qilishini tilayman!"
Photo: gettyimages
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Sports24.uz O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi hamda ayni paytda Samarqandning “Dinamo” klubida faoliyat yuritayotgan inson Bahodir Nasimov bilan bog'lanib, ertangi o'yin haqidagi fikrlari bilan tanishdi:

"Ertangi o‘yinda terma jamoamizga ishonaman. Albatta, bizga kerakli natijani qayd etib jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizga ishonaman. Mundialga chiqish– bu avvalo futbol bo‘yicha dunyoning eng kuchlilari safiga qo‘shilish deganidir.

Shu bilan birga bu – milliardlar o‘yiniga aylangan futbolning yurtimizda yanada yuqori saviyaga chiqishi uchun katta qadam bo‘ladi. Albatta, hissiyot o‘zgacha. Menga va bizning avlodga jahon chempionatiga chiqish va ishtirok etish hissiyoti nasib qilmagan bo‘lsa-da, hozirgi terma jamoa a'zolariga albatta nasib qilishini tilayman! BAA bilan o‘yinda kerakli natijaga erishsak, butun xalqimiz, barcha muxlislarimiz azaliy orzumizga yetishadi.

Futbolchilarimiz professional. Eng asosiysi hakam jiddiy to‘sqinlik qilmasa, milliy jamoamiz g‘alabaga erisha oladi. Hammasiga o‘yin bilan javob qaytarib, g‘alaba bilan jazolash kerak!

Menimcha oldingi chiziqda Fayzullayev, O'runov va Shomurodovlar harakat qilsa kerak. Orqaroqda Masharipov, Shukurov hamda Hamrobekovlar o'ynashi mumkin. Asosiysi kim o'ynasa ham ertaga terma jamoamizdan g'alaba kutib qolamiz",-deydi O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting