locale OZ

BAA murabbiyi: “O'zbekiston Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri. Bu oddiy o'yin bo'lmaydi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
BAA murabbiyi: “O'zbekiston Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri. Bu oddiy o'yin bo'lmaydi”
FOTO: uaefa
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Xabaringiz bor, ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA'ga qarshi muhim o'yinda maydonga tushadi.

Bugun uchrashuvdan oldin terma jamoa murabbiylari va futbolchilar o'rtasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda qatnashgan BAA bosh murabbiyi Kosmin Olariu O'zbekistonga qarshi o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bizni bu guruhda eng yaxshi jamoalardan biriga qarshi o'yin kutib turibdi. Biz mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Bu katta o'yin va katta jang. Biz o'z kuchimizga ishonamiz va oxirigacha kurashamiz.

Men bu yerga yordam berish uchun keldim. Jahon chempionatiga chiqish bu termaning orzusi va bu orzu amalga oshishi uchun katta ishtiyoq bilan yondashish kerak.

O'zbekiston Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri, ammo men karyeram davomida juda ko'p kuchli jamoalarni ko'rganman. Bu oddiy o'yin bo'lmaydi. Biz jang qilamiz.

Menga futbolchilar qayerda o'ynashi qiziq emas. “Al Ayn”, “Sharja” yoki boshqasi. Kim o'ynashga munosib bo'lsa, o'sha o'ynaydi”, - deydi Olariu.

Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston o'rtasidagi o'yin ertaga, 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Ushbu bahsdagi durang natija ham bizni mundialga olib chiqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting