locale OZ

«Atletiko» va «Barselona» Silva uchun da’vogar

Ikkala ispan jamoasi ham futbolchi va uning vakillari bilan faol muloqot olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» va «Barselona» Silva uchun da’vogar
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva biryo‘la ikkita ispan grandi – Madridning «Atletiko» va «Barselona» klublari bilan muzokaralarning ilg‘or bosqichida turibdi.

Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda. Portugaliyalik futbolchi shu yozda shartnomasi yakunlangach, Angliya klubini tark etadi, biroq yangi klub borasidagi yakuniy tanlov hali qilinmagan.

Ikkala ispan jamoasi ham futbolchi va uning vakillari bilan faol muloqot olib bormoqda. O‘tgan mavsumda «Transfermarkt» portali talqiniga ko‘ra bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadigan 31 yoshli futbolchi maydonda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting