locale OZ

“Atletiko Madrid” Grizmanga o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Atletiko Madrid” Grizmanga o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi Antuan Grizman jamoadan ketgan taqdirda yangi hujumchi sotib olish ustida ishlamoqda. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchi faoliyatini MLS'da davom ettirishga yaqin turibdi. “Matraschilar” uning o'rniga “Inter”dan Lautaro Martinesni olib kelmoqchi. Hozirda potensial kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Ma'lumot uchun, Lautaro Martines o'tgan mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 95 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting