locale OZ

Arteta «Koventri» ustidagi g‘alabadan so‘ng jamoasi o‘yiniga baho berdi

"Arsenal" mavsumni g‘alaba bilan boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta «Koventri» ustidagi g‘alabadan so‘ng jamoasi o‘yiniga baho berdi
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
21.08.2026, Yak.
Arsenal
3
Koventri Siti
0

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining "Koventri"ga qarshi uchrashuvdagi o‘yinidan mamnunligini bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis futbolchilarning harakatlarini yuqori baholadi.

"Ajoyib o‘yin bo‘ldi, yigitlarning harakatlarida menga ko‘p narsa yoqdi. Biz to‘liq ustunlik qildik, bir-birimiz bilan juda yaxshi hamkorlik qildik va to‘p bilan nihoyatda aniq harakat qildik.

Bu juda yaxshi jamoa. U murabbiy tomonidan yaxshi tayyorlangan va raqibga qanday qiyinchilik tug‘dirishni juda yaxshi tushunadi. Biz ularga so‘nggi daqiqalarga qadar vaziyatlar yaratish imkonini bermadik.

Biz uchrashuvni juda tez boshladik. Bu haqiqatan ham ijobiy holat edi. Biz aynan shu jihat ustida ishlagan edik va bundan keyin ham talablar darajasini shu yuqori pog‘onada ushlab turishda davom etamiz. Tarkibimizda shunday futbol o‘ynash uchun yetarlicha sifat bor. Biz doimo darajamizni oshirishga harakat qilamiz", — deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra "Arsenal" Angliya chempioni bo‘lgan, "Koventri" esa Chempionshipda g‘olib chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting