locale OZ

Arsenal muddatidan avval APL chempioniga aylandi

Manchester Siti mehmondagi Bornmut bilan bahsda ochko yo'qotdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal muddatidan avval APL chempioniga aylandi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
19.05.2026, Yak.
Bornmut
1
Manchester Siti
1

APL 37-turidan o'rin olgan Bornmut hamda Manchester Siti qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi. Ushbu bahsda shaharliklar mezbonlar bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Bu esa londonliklarni muddatidan avval chempionga aylantirdi.

To'pchilar bu mavsumda hozircha 37 ta bahsda 25 g'alaba, 7 durang va 5 mag'lubiyat qayd etdi.

Arsenal oxirgi marta 22 yil avval, 2003-04 yilgi mavsumda APL chempioni bo'lgan edi. O'shanda jamoa 26 g'alaba va 12 durang bilan biror marta mag'lubiyatga uchramagan edi hamda "mag'lub bo'lmaslar" deb nom olgan edi.

APL. 37-tur
Bornmut – Manchester Siti 1:1
Bornmut –
Petrovich, Smit, Xill, Senesi, Tryuffer, Adams, Skott, Rayyan, Krupi, Taverniyer, Evanilson.
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Husanov, Gehi, O'Rayli, Rodri, Kovachich, Silva, Semenyo, Doku, Holand.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting