Arne Slot Bredli va Virtsning ahvoli haqida maʼlumot berdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot matbuot anjumanida mushak jarohati olgan himoyachi Konor Bredli va hujumkor yarimhimoyachi Florian Virtsning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
«Ikkisida ham mushak jarohati bor. Konorning keyingi 22 kun ichida maydonga tushishini kutmayman — faqat mo‘jiza bo‘lmasa. Ehtimol, ushbu muddatning oxiriga borib qaytishi mumkin.
Florianga kelsak, hammasi tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi, lekin bu unchalik ko‘p vaqt olmaydi», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, «Liverpul» 22 noyabr, shanba kuni o‘z maydonida «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ayni paytda, Angliya Premer-ligasining 11 turidan so‘ng mersisaydliklar 18 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.