Aleksander Isak «Liverpul» safida noodatiy antirekord o‘rnatdi
«Liverpul»ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksander Isak Angliya Premyer-ligasi (1992 yildan buyon) tarixida ilk bor boshlangʻich tarkibda maydonga tushib, o‘ynagan barcha to‘rt uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan futbolchiga aylandi.
U «Kristal Pelas», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Nottingem Forest»ga qarshi bahslarda o‘yinlarni asosiy tarkibda boshladi.
Isak oʻtgan yozgi transferlar oynasida «Liverpul» safiga qo‘shilgandi. Klub uni «Nyukasl»dan 130 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Shvetsiyalik forvardi «qizillar» safida barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 1 ta gol kiritdi. APL doirasidagi 5 uchrashuvda esa u bitta golli uzatma bilan cheklangan. Aleksander Isakning amaldagi shartnomasi 2031 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.