Virdjil van Deyk: «Biz Arne Slotni ham, o‘zimizni ham yerga urdik»
«Liverpul» himoyachisi «Nottingem»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
22.11.2025, Yak.
Liverpul
0
Nottingem F
3
«Liverpul» sardori Virdjil van Deyk APLning 12-turidan o‘rin olgan «Nottingem Forest»ga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Mersisaydliklar ushbu bahsda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
«Biz, shubhasiz, Slotni ham, o‘zimizni ham yerga urdik. Avvalo o‘zimizga qarashimiz kerak, keyin bir-birimizga yordam berish, bu tartibsizlikdan chiqib ketishga ko‘maklashish lozim. Chunki hozirgi holat — haqiqiy tartibsizlik. Bu — shunchaki fakt», — deya van Deykning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrizio Romano.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» ayni paytda APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. Arne Slot jamoasi 12 turda 18 ochko jamg‘argan. Keyingi o‘yin Chempionlar ligasi doirasida PSVga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist