locale OZ

APL. Siti 1-taymdan so'ng 2:0 hisobida Liverpuldan ustun kelmoqda

13-daqiqada Holand penaltidan unumli foydalana olmadi. Van Deykning goli o'yindan tashqari holatligi uchun hisoblanmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. Siti 1-taymdan so'ng 2:0 hisobida Liverpuldan ustun kelmoqda
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
09.11.2025, Yak.
Manchester Siti
3
Liverpul
0

Angliya primyer ligasining 11-turidan o'rin olgan Manchester Siti hamda Liverpul jamoalari o'rtasidagi markaziy uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Birinchi taymdan keyin mezbonlar 2 to'p farqi bilan mersisaydliklar ustidan g'alaba qozonmoqda.

13-daqiqada Holand penaltidan unumli foydalana olmadi. 29-daqiqada Mateush Nuneshning uzatmasidan keyin Erling Holand bahsdagi hisobni ochdi.

Liverpul himoyachisi burchakdan oshirib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtirgan edi, ammo o'yindan tashqari holat bo'lganligi uchun gol inobatga olinmadi.

1-taymga qo'shib berilgan 3-daqiqada Niko Gonsales shaharliklarning 2-golini o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Hozircha ushbu hisob saqlanib turibdi. Oldinda 2-taym bor.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting