locale OZ

APL. 11-tur. Markaziy o'yin. Siti o'z uyida Liverpulni yirik hisobda tor-mor qildi

Uchrashuvda Holand penaltidan foydalana olmadi va o'z hisobiga o'yindan gol yozdirib qo'ydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. 11-tur. Markaziy o'yin. Siti o'z uyida Liverpulni yirik hisobda tor-mor qildi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
09.11.2025, Yak.
Manchester Siti
3
Liverpul
0

Angliya primyer ligasining 11-turidan o'rin olgan Manchester Siti hamda Liverpul jamoalari o'rtasidagi markaziy uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Ushbu qarama-qarshilikda mezbonlar 3 to'p farqi bilan mersisaydliklar ustidan yirik hisobda g'alabaga erishdi.

13-daqiqada Holand penaltidan unumli foydalana olmadi. 29-daqiqada Mateush Nuneshning uzatmasidan keyin Erling Holand bahsdagi hisobni ochdi.

Liverpul himoyachisi burchakdan oshirib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtirgan edi, ammo o'yindan tashqari holat bo'lganligi uchun gol inobatga olinmadi.

1-taymga qo'shib berilgan 3-daqiqada Niko Gonsales shaharliklarning 2-golini o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

2-taymning 63-daqiqasida Doku gol urdi va Manchester Sitining yirik hisobdagi g'alabasini ta'minladi.

APL.11-tur. Markaziy o'yin.
Gollar: Holand (29), Niko Gonsales (45+3), Doku (63).
Manchester Siti - Donnarumma - O'Rayli, Gvardiol, Ruben Diash, Mateush Nunesh - Foden, Niko Gonsales, Bernardu Silva - Doku, Sherki, Holand.
Liverpul - Mamardashvili - Robertson, van Deyk, Konate, Bredli - Mak Allister, Gravenberx, Virts, Soboslai, Salax - Ekitike.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting