locale OZ

APL. «MYU» «Nottingem Forest»ni mag'lub etdi

Fernandes 20-assistini qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "MYU" "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
17.05.2026, Yak.
Manchester Yunayted
3
Nottingem F
2

Angliya Premer-ligasining 37-turi doirasida "Manchester United" o‘z maydonida "Nottingem Forest" jamoasini qabul qildi. Unda mezbonlar 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvda "MYU" safida Lyuk Shou, Mateus Kun'ya va Brayen Mbemo raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Moratu va Morgan Gibbs-White o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng "Manchester United" o‘z ochkolarini 68 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘rinni mustahkamladi. "Nottingem" esa 43 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Ma'lumot uchun, APLning so‘nggi turida "qizil iblislar" "Brayton" mehmoni bo‘lishsa, "o‘rmonchilar" o‘z uyida "Bornmut"ni qabul qiladi. O‘yinlar 24 may kuni bo‘lib o‘tadi.

APL. 37-tur

"Manchester United" — "Nottingem Forest" — 3:2

Gollar: Lyuk Shou 5 (1:0), Moratu 53 (1:1), Mateus Kun'ya 55 (2:1), Brayen Mbemo 76 (3:1), Morgan Gibbs-White 78 (3:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting