locale OZ

Anvar Nasirov – «Dinamo» bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Klub rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar Nasirov – “Dinamo” PFK bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Фото: Динамо ПФК

2026 yilgi futbol mavsumining ikkinchi qismi oldidan “Dinamo” PFK rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.

O‘tgan yarim yil davomida klub bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Ro‘zievga jamoada qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirildi va Shuhrat Ashurovich endilikda Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub muassis va rahbariyatining qaroriga ko‘ra, Anvar Nasirov – “Dinamo” PFK bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Anvar Shuhratovich 2013–2017 yillar davomida Samarqandning “Sherdor” klubi sharafini himoya qilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda viloyat futbolida murabbiy va “Sherdor” futbol klubi rahbariyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan edi.

So‘nggi yillarda Samarqand futbolida bolalar-o‘smirlar futbolida katta yutuqlarga erishgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting