locale OZ

Ansu Fati “Monako”ga o'tishga rozi bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ansu Fati “Monako”ga o'tishga rozi bo'ldi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Ansu Fati faoliyatini “Monako”da davom ettirishga rozi bo'ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” va fransuzlar 22 yoshli futbolchini sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olish borasida kelishuvga erishgan. Ta'kidlanishicha, Fati qishki transferlar vaqtida beshdan ortiq klublarning transfer takliflarini rad etgan.

Ma'lumot uchun, Fati o'tgan mavsum “Barselona” safida 11 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting