locale OZ

Ansu Fati — \"Monako\" futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ansu Fati — "Monako" futbolchisi
Photo: Getty Images

"Barselona" vingeri Ansu Fati ijaraga asosida "Monako"ga ko'chib o'tdi.

Monegasklar 22 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga oldi. Keyinchalik Fransiya klubi hujumkor futbolchini 11 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo'lishadi.

Kataloniya klubi Fatini ijaraga berishdan avval u bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirganini e'lon qildi. U o'tgan yili jarohat sabab ko'p vaqtini zaxirada o'tkazgandi.

Shu tariqa, "Monako" Pol Pogba transferidan so'ng Fati ham o'z safiga qo'shib oldi.

Fati La Ligada atigi 6 o'yinda maydonga tushgan. Undan avvalgi mavsumni esa "Brayton"da ijarada o'tkazgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting