locale OZ

Ansu Fati faoliyatini Liga 1'da davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ansu Fati faoliyatini Liga 1'da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Ansu Fati faoliyatini Liga 1'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Monako” ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ta'kidlanishicha, Fatining o'zi ham ushbu transferga rozi bo'lgan.

Qayd etilishicha, “Monako” Fatini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Fati joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi. Uning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting