locale OZ

“An-Nassr” Krishtianu Ronalduga o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“An-Nassr” Krishtianu Ronalduga o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” vingeri Luis Diaz “An-Nassr”ning yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoani tark etishiga shama qilganidan so'ng Saudiya klubi kolumbiyalik futbolchiga e'tibor qaratgan.

Ta'kidlanishicha, “Liverpul” “An-Nassr”ning Luis Diasga qiziqishidan xabardor va shuning uchun shartnomani uzaytirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Dias joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 85 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting