“An-Nasr” yozda transferlarga qancha pul sarflashi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
“An-Nasr” yozgi transferlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu jamoa yozda o‘z tarkibiga ko‘plab kuchli futbolchilarni qo‘shib olmoqchi.
“An-Nasr” yozda transferlarga jami 400 million yevro sarflashni maqsad qilgan. Xususan, klubning asosiy maqsadi “Chelsea” yarim himoyachisi Moises Caicedo, “Real” vingeri Vinisius va “Arsenal” himoyachisi Gabrielni xarid qilishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, “An-Nasr” mavsum oxirida bosh murabbiy Stefano Piolini iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist