locale OZ

\"An-Nasr\" Spalettiga 18 mln yevro maosh taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"An-Nasr" Spalettiga 18 mln yevro maosh taklif qildi
Photo: Getty Images

"An-Nasr" klubi Luciano Spalettini bosh murabbiy etib tayinlashni istamoqda, deya xabar beradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Xabarda aytilishicha, Saudiya klubi italiyalik mutaxassisga bir mavsum uchun 18 million yevro maosh to'lanadigan 2 yillik shartnoma taklif qilgan.

So'nggi soatlarda tomonlar o'rtasida muzokaralar o'tkazilgan. Spaletti hozirda taklifni ko'rib chiqmoqda, u hali yakuniy qarorga kelmadi. Shuningdek, Lucianoga Saudiya Arabistonining boshqa bir klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Spaletti yaqinda Italiya terma jamoasidan iste'foga chiqarilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting