\"An-Nasr\" Ronalduni \"Al-Hilol\"ga ijaraga beradi — manba
Saudiya hukumati uning klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etishini istamoqda
Photo: Getty Images
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Al-Hilol" safida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda jurnalist Jeyms Bendj xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi portugaliyalik 40 yoshli futbolchining AQShda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishini xohlamoqda.
Avvalroq "An-Nasr" sport direktori Fernando Ferro Ronaldu bilan 30 iyunda yakunlanadigan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist