\"An-Nasr\" Kaysedo uchun qancha taklif qilgani ma'lum
Photo: Getty Images
"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Telegraph xabariga ko'ra, "An-Nasr" Kaysedo uchun asosiy da'vogar hisoblanadi. Klub allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokara o'tkazgan. Futbolchining taxminiy transfer bahosi 116 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Joriy mavsumda 23 yoshli ekvadorlik futbolchi "Chelsi" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist