locale OZ

\"An-Nasr\" Dias transferi uchun 85 mln yevro sarflashga tayyor

Saudiyaliklar unga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"An-Nasr" Dias transferi uchun 85 mln yevro sarflashga tayyor
Photo: Getty Images

“An-Nasr” klubi “Liverpul” vingeri Luis Diasni yozgi transferlar uchun asosiy nomzod sifatida belgiladi. Bu haqda TeamTalk portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub direktorlar kolumbiyalik futbolchining transferi bo‘yicha taklif yuborish uchun mablag‘ so‘rashgan.

Futbolchining transfer bahosi 85 mln yevroni tashkil etmoqda. Saudiyaliklar ushbu summani to‘lashga tayyor. 28 yoshli futbolchiga “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda Dias APLda 36ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting