locale OZ

Angelos Postekoglu «An-Nasr» bosh murabbiyiga aylandi

Mutaxassis yangi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angelos Postekoglu «An-Nasr» bosh murabbiyiga aylandi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi sobiq “Tottenhem Hotspur” murabbiyi Angelos Postekoglu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini ijtimoiy tarmoqlar orqali rasmiy e’lon qildi.

Mutaxassis yangi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Postekoglu murabbiylik faoliyati davomida Avstraliya terma jamoasi, “Seltik”, “Tottenhem Hotspur”, “Nottingem Forest” hamda yana bir qator klublarni boshqargan.

Uning eng katta muvaffaqiyatlari “Seltik” bilan bog‘liq bo‘lib, u klubni ikki marta Shotlandiya chempioni qilgan, shuningdek, Shotlandiya kubogi va ikki marta Liga kubogini qo‘lga kiritgan.

“Tottenhem”da esa Postekoglu jamoani UEFA Yevropa ligasi g‘olibligiga olib chiqqan.

Uning “An-Nasr”gacha bo‘lgan so‘nggi ish joyi “Nottingem Forest” bo‘lib, u mazkur klubni 2025 yil oktyabr oyida tark etgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting