Andijon yangi hujumchi bilan kuchaydi — Ismaxil Akinade jamoaga qo‘shildi
Irlandiyada tarbiya topgan nigeriyalik forvard 3 avgust kuni “Qo‘qon-1912”ga qarshi debyut qildi
Rasm: Telegram
Nigeriyalik hujumchi Ismaxil Akinade “Andijon” safiga qo‘shildi. U tarkibni tark etgan rossiyalik Islam Mashukovning o‘rnini egalladi.
Akinade bilan kelishuvni amalga oshirgan agent Kova Tilavpur futbolchini Malayziya chempionatidagi o‘yinlaridan yaxshi biladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ismaxil — Irlandiyada futbol ta’limi olgan va u yerda 7 mavsum yuqori divizionda to‘p surgan. Keyinchalik Osiyoga yo‘l olgan va tezda moslashgan.
“U yomon emas, gol urishda samarali. Havodagi kurashlarda yaxshi, tezkor, markaziy hujumchi sifatida ham, vinger sifatida ham foydali,” — deydi agent.
Bakradze Iman
Redaktor