«An-Nasr» «Zenit» futbolchisi Jersonni sotib olmoqchi
Saudiyaliklar Jerson uchun taxminan 30-35 million yevro to'lashga tayyor.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Zenit"ning braziliyalik yarim himoyachisi Jerson Santosni sotib olishni maqsad qilgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko'ra, jamoaning portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldu to'p tepayotgan "An-Nasr" Jerson uchun "Zenit"ga taxminan 30-35 million yevro to'lashga tayyor.
Peterburg klubi ham o'z futbolchisi uchun aynan shuncha pul so'ramoqda. Xavbekka Braziliyaning "Palmeyras" klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo Saudiya Arabistoni jamoasi moliyaviy tomondan qulayroq shartlarni taklif qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Zenit" Jersonni "Flamengo"dan 25 mln yevroga sotib olgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist