locale OZ

«An-Nasr» Vissani sotib olishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«An-Nasr» Vissani sotib olishga tayyor
Photo: Getty Images

“Brentford” hujumchisi Yoan Vissa faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “An-Nasr” klubi 28 yoshli kongolik hujumchini sotib olmoqchi. Saudiyaliklar Vissaning transferi uchun 50 million funt to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, bir necha hafta davomida "Nyukasl", "Tottenxem" va Saudiya Arabistonining "Neom" klublari londonliklar bilan kelishuvga erishish uchun aloqaga chiqqan. Biroq, "asalari"larning talablari hozircha juda yuqori bo‘lib turibdi.

O‘tgan mavsumda Vissa APLda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting