locale OZ

«An-Nasr» moliyaviy inqirozga duch keldi

Hozirda klub rahbariyati qarzdorliklarni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.
«An-Nasr» moliyaviy inqirozga duch keldi
ФОТО: Getty images

Krishitanu Ronaldu to'p surayotgan Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi. Bu haqda Arriyadiyah nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, klub rahbariyati moliyaviy inqiroz sababli bir qator ma'muriy va texnik masalalar bo'yicha ishlarni vaqtincha to'xtatishga majbur bo'lgan. Shuningdek, ushbu muammolar futbolchilarning maoshlariga ham ta'sir ko'rsatgan. Asosiy jamoaning bir nechta a'zosi iyun oyi uchun belgilangan ish haqining faqat bir qismini olgan. Hozirda klub rahbariyati qarzdorliklarni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.

Moliyaviy qiyinchiliklar transfer siyosatiga ham ta'sir o'tkazgan. Xabar qilinishicha, “An-Nasr” Marselo Brozovich o'rnini bosishi kutilgan xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolash jarayonini ham vaqtincha to'xtatgan. Rahbariyat moliyaviy vaziyat barqarorlashgach, ushbu masalaga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, “An-Nasr” o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Saudiya Arabistoni chempionligini qo'lga kiritgan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting