locale OZ

«An-Nasr» 200 million dollardan ortiq qarzga botdi

Moliyaviy inqiroz tufayli klub rahbariyatiga yangi futbolchilar va murabbiylarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“An-Nasr” 200 million dollardan ortiq qarzga botdi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi. Arriyadiyah nashrining xabar berishicha, klubning umumiy qarzi 200 million dollardan oshib ketgan.

Manbaga ko‘ra, moliyaviy inqiroz tufayli klub rahbariyatiga yangi futbolchilar va murabbiylarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan. “An-Nasr” faqat o‘z daromadlari va homiylik mablag‘lari orqali moliyaviy barqarorlikni tiklaganidan keyingina transferlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Vaziyatni yaxshilash maqsadida klub egasi hisoblangan Saudiya Arabistoni Jamoat investitsiyalari jamg‘armasi (PIF) bir qator choralarni joriy qildi. Xususan, rahbariyatning ayrim moliyaviy vakolatlari cheklandi va klub faoliyatini nazorat qilish uchun mustaqil moliyaviy maslahatchilar jalb etildi.

Shuningdek, inqirozdan chiqishning ehtimoliy yo‘llaridan biri sifatida klub ulushining bir qismini sotish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Ayni paytda aktivlarning ma’lum qismini sotib olish bo‘yicha ikki jiddiy taklif kelib tushgan. Biroq amaldagi egalari klubni to‘liq sotishni istamayapti va faqat ulushning ma’lum qismini sotishga tayyor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting