«Al-Nasr» Muhammad Kudus uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor
“Vest Xem” yarimhimoyachisi Muhammad Kudus bu yozda jamoani tark etishi mumkin. Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi 24 yoshli ganalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor.
Shartnomaga ko‘ra, Saudiya klublari uchun Kudusning to‘lovi 120 million funt (taxminan 140,5 million yevro) etib belgilangan. Angliya Premer-ligasi klublari uchun esa bu summa 85 million funtni (taxriban 99,5 million yevro) tashkil etadi.
Kudusga “Arsenal” va “Liverpul” kabi Angliyaning kuchli klublari ham qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda u 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Vest Xem” bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga teng.