Al-Hilol tez orada Jezushni iste'foga chiqaradi – manba
Photo: Getty Images
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bosh murabbiyi Jorge Jezush bilan tez orada xayrlashmoqchi. Bu haqda Saudiya nashrlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, rahbariyat jamoaning Elit OFK Chempionlar Ligasi (OChL)dan chiqib ketganidan g'azabda va portugaliyalik mutaxassis bilan yo'llarni ajratmoqchi.
Avvalroq klub Carlo Ancelottini Saudiya Arabistoniga olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, “Al-Hilol” Elit OChL yarim finalida “Al-Ahli”ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi. Shuningdek, Saudiya chempionatida ham 2-o'rinda bormoqda va peshqadam “Al-Ittihod”dan ortda qolmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist