Aleksandr Lobanov: \"Jeparov bir vaqtlar yetakchilik qilgan bo'lsa, hozir uning o'rnini bosuvchilar p
Sports24.uz O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Paxtakor” klubi darvozaboni sifatida muhlislarga yaxshi tanish bo'lgan Aleksandr Lobanov bilan bog'lanib, ertangi o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi:
"Albatta ertangi o'yinda g'alaba qozonib, xalqimizni xursand qilishadi. Terma jamoamiz xarakter tomonlama kuchli ekanligiga ishonchim komil. Barcha futbolchilar hamda murabbiylar shtabi tajribali va stressga chidamli insonlardan iborat. Ularning har birining ortida juda katta tajriba bor. Bo'layotgan turli-xil voqealar bunday muhim o'yin oldidan yigitlarga halaqit qila olmasligiga ishonaman.
Har bir avlod biz uchun oltin avlod hisoblanadi. Xudo xohlasa eng kamida, hech bo'lmasa bir futbolchi o'rnini osonlik bilan boshqasi egallaydi. Xuddi Server Jeparov kabi. Server bir vaqtlar yetakchi bo'lgan bo'lsa, hozir uning o'rniga yetakchilar paydo bo'lgan va Jeparovning o'zi ham kimningdir o'rniga yetakchilikni o'z qo'liga olgan.
Hozirgilarni oldingi seleksiya muhitiga taqqoslay olmaysiz. Hozir ligamizda juda ko'p saviyali futbolchilar bor va futbolchilarimizning xorij klublari e'tiboriga tushishi yoqimli holat. Bugun yaxlit bir jamoa bo'lib, birgalikda maqsadga yetishimiz muhim. Bu natija kelajak avlod hamda muhlislarimiz uchun juda ham kerak!",-deydi Lobanov