locale OZ

“Al-Ahli” Xaviga rasmiy taklif yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Ahli” Xaviga rasmiy taklif yubordi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Footmercato nashrining xabariga ko'ra, 45 yoshli ispaniyalik mutaxassisga “Al-Ahli”da rasmiy taklif tushgan.

Jamoani hozirda Matias Jaissl boshqarmoqda, biroq “Al-Ahli” mavsum yakunlanganidan so'ng murabbiyni o'zgartirish haqida o'ylamoqda. Klub Saudiya Pro-ligasida beshinchi o'rinni egallab, Osiyo Chempionlar Ligasida g'olib bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Xavi 2021-yildan 2024-yilgacha “Barselona” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting