locale OZ

«Al-Ittihod» bosh murabbiyi Laurent Blanni iste'foga chiqardi

Fransiyalik mutaxassis 2024 yilning iyul oyidan beri jamoani boshqarib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Al-Ittihod bosh murabbiyi Laurent Blanni iste'foga chiqardi
ФОТО: Getty images

“Al-Ittihod” klubi bosh murabbiy Laurent Blanc bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi.

Juma kuni Jidda klubi Saudiya Arabistoni chempionati 4-turida Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan “An-Nasr”ga mag‘lub bo‘ldi. Natijada jamoa 3-o‘ringa tushib ketdi.

Endilikda jamoani vaqtincha bosh murabbiy sifatida Blanning yordamchisi Hassan Xalifa boshqaradi. Unga yordamchi sifatida yoshlar jamoasi murabbiyi Ivan Karrasko ish olib boradi.

Fransiyalik sobiq futbolchi “Al-Ittihod”ni 2024 yil iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bu vaqt davomida Saudiya Arabistoni chempionati hamda Qirol kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting