locale OZ

Adeyemi: «Men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi — Messi»

Karim endilikda faoliyatini Kataloniya klubida davom ettiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Adeyemi: «Men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi — Messi»
ФОТО: Getty images

«Barselona»ning yangi hujumchisi Karim Adeyemi kataloniyaliklar safiga qo‘shilgach, klub afsonasi Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirdi.

— Men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi — Messi. Men uchun har doim eng yaxshisi u bo‘lgan. Shuningdek, Ronaldinhoning o‘yinini kuzatish ham juda zavqli edi. Bu klub sharafini himoya qilgan boshqa ko‘plab buyuk futbolchilar ham bo‘lgan, — dedi Adeyemi.

24 yoshli futbolchi Lamin Yamalning iqtidorini ham yuqori baholadi.

—Yamal bilan shaxsan tanish emasman, ammo u maydonda o‘zi haqida hamma narsani ko‘rsatadi. U ajoyib futbolchi va zamonaviy futbol uchun zarur bo‘lgan barcha sifatlarga ega. Menimcha, biz o‘rtasida juda yaxshi hamkorlik shakllanishi mumkin. U nafaqat yaxshi to‘purar, balki kuchli dribler ham. Shu bilan birga, u sheriklari uchun ham imkoniyatlar yaratadi. Bu esa menga juda mos keladi. Men chuqurlikdan hujumga chiqib, uzatmalarni qabul qilishni yaxshi ko‘raman va shu jihatdan jamoaga katta foyda keltirishim mumkin, — dedi Adeyemi.

Eslatib o‘tamiz, Karim Adeyemi 2025/26 yilgi BundesLiga mavsumida Dortmundning «Borussiya»si safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting