locale OZ

Ademola Lukman MYU, “Liverpul” va “Yuventus” o'rtasida talash bo'lmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ademola Lukman MYU, “Liverpul” va “Yuventus” o'rtasida talash bo'lmoqda
FOTO: Getty Images

“Atalanta” vingeri Ademola Lukman faoliyatini Yevropaning boshqa grand klublarida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TuttoJuve nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, nigeriyalik hujumchiga “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. “Atalanta” esa Lukman uchun 60 million yevro talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirish borasida hali to'liq bir to'xtamga kelmagan.

Ma'lumot uchun, Lukman joriy mavsum 36 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting