Abbosbek Fayzullayev: \"Jamoa jangovor holatda\"
Kuni kecha "SSKA" jamoasi bilan birgalikda Rossiya kubogi gʻolibiga aylangan Abbosbek Fayzullayev terma jamoamiz ixtiyoriga yetib keldi va UFA rasmiy sahifalari uchun o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
“Kubok qo'lga kiritganimdan juda ham xursandman. Bu ”SSKA" bilan birinchi kubogim. Terma jamoa safiga kelib qo'shilishdan oldin kubok yutish juda ham muhim edi. Chunki yaxshi kayfiyat bilan kelsa, bu o'yinga ham ta'sir qiladi. Muhim o'yin oldidan bu qo'shimcha kayfiyat va kuch beradi.
Terma jamoa bilan ko'p yig'inlar o'tkazganman. Men uchun kirishib ketish qiyin emas. Hamma yigitlar bilan tanishman va hammasi yaxshi qabul qiladi.
Beshinchi iyun kuni oldimizda muhim o'yin kutib turibdi va bu bahs oldidan jamoaning kayfiyati va tayyorgarligi jangovor holatda. Xudo xohlaga oldimizga qo'yilgan vazifani bajarib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritamiz",-deydi Fayzullayev