A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari ro‘yxati e’lon qilindi
Italiya A seriyasi ishtirokchisi bo‘lgan jamoalarning bosh murabbiylarining yillik maoshi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, “Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte yetakchilik qilmoqda. “Milan” ustozi Massimiliano Allegri ikkinchi o‘rinni egalladi.
- Antonio Konte («Napoli») — €8 mln
- Massimiliano Allegri («Milan») — €5 mln
- Jan Piero Gasperini («Roma») — €5 mln
- Vinchenzo Italiano («Bolonya») — €3 mln
- Stefano Pioli («Fiorentina») — €3 mln
- Igor Tudor («Yuventus») — €3 mln
- Kristian Kivu («Inter») — €2,5 mln
- Mauritsio Sarri («Latsio») — €2,5 mln
- Ivan Yurich («Atalanta») — €2 mln
- Patrik Vieyra («Jenoa») — €1,4 mln
- Marko Baroni («Torino») — €1,2 mln
- Fabio Pizakane («Kalyari») — €1 mln
- Sesk Fabregas («Komo») — €1 mln
- Alberto Jilardino («Piza») — €1 mln
- Karlos Kuesta («Parma») — €0,9 mln
- Kosta Runyayich («Udineze») — €0,8 mln
- Paolo Zanetti («Verona») — €0,6 mln
- Davide Nikola («Kremoneze») — €0,5 mln
- Eusebio Di Franchesko («Lechche») — €0,5 mln
- Fabio Grosso («Sassuolo») — €0,5 mln