A seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingi e’lon qilindi
Transfermarkt portali Italiya A seriyasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, "Yuventus" va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlahovich soliqlar bilan hisoblaganda oladigan maoshi 22,2 million yevroni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bilan u peshqadamlik qilmoqda.
“Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martines ikkinchi pog‘onani egallab turibdi, uning shartnomasi klubiga yiliga 16,6 million yevroga tushadi. Kuchli uchlikni “Roma”da 12,9 million yevro ishlab topgan argentinalik Paulo Dibala yakunlab turibdi.
A seriyada eng ko‘p maosh oluvchi TOP-10 futbolchi;
1. Dushan Vlahovich (“Yuventus”) — 22,2 million yevro
2. Lautaro Martines ("Inter") — 16,6 million yevro
3. Paulo Dibala ("Roma") — 12,9 million yevro
4. Kevin De Bryuyne ("Napoli") — 11,1 million yevro
5. Jonatan Devid (“Yuventus”) — 11,1 million yevro
6. Rasmus Hoylund (“Napoli”) — 9,3 million yevro
7. Kristofer Nkunku ("Milan") — 9,3 million yevro
8. Alvaro Morata ("Como") — 8,3 million yevro
9. Markus Tyuram (“Inter”) — 7,8 million yevro
10. Romelu Lukaku ("Napoli") — 7,7 million yevro